Hosting va VPS —
buyurtmadan bir necha daqiqada
To'lov o'tgach server o'zi quriladi. Node.js, PHP, MongoDB, Redis va kerakli versiyalarni buyurtmada belgilaysiz — tayyor holda topshiriladi. SSL bepul.
Nima uchun bizda?
Ortiqcha sozlashsiz — ishga tushiring va ishlang
Bir necha daqiqada tayyor
To'lovdan so'ng server avtomatik quriladi. Admin tasdig'ini kutish shart emas — hammasi o'zi bo'ladi.
Texnologiyalar avto-o'rnatiladi
Buyurtmada Node.js, PHP, MongoDB, PostgreSQL, Redis va versiyasini belgilang — server tayyor holda keladi.
SSL bepul va avtomatik
Let's Encrypt sertifikati o'zi olinadi va o'zi yangilanadi. .1202.uz subdomeni esa darrov https bilan ishlaydi.
Fayl menejer
Brauzerdan fayl yuklang, tahrirlang, papka yarating. FTP ham bor — FileZilla bilan ishlayvering.
Baza va phpMyAdmin
MySQL/MariaDB bazasini bir bosishda oching va phpMyAdmin orqali brauzerdan boshqaring.
Zaxira va tiklash
Fayl va bazalaringiz nusxasini oling, kerak bo'lsa bir bosishda qaytaring. Arxivni yuklab olsangiz ham bo'ladi.
CRON vazifalar
Skriptlaringizni jadval bo'yicha avtomatik ishga tushiring — panel orqali, terminalsiz.
VPS'da to'liq root
SSH orqali root huquqi. Xohlagan dasturingizni o'rnating, xohlagancha sozlang.
Tanlang — o'zi o'rnatiladi
VPS buyurtmasida belgilaysiz, server tayyor holda keladi
Tariflar
Yashirin to'lovsiz — narxda hammasi bor
Start
- CPU: 1 vCPU
- RAM: 1 GB
- Disk: 10 GB SSD
- Trafik: cheksiz
- Domen: 1 ta
- Baza: 1 ta
- CRON: 1 ta
Biznes
- CPU: 2 vCPU
- RAM: 2 GB
- Disk: 30 GB SSD
- Trafik: cheksiz
- Domen: 5 ta
- Baza: 5 ta
- CRON: 5 ta
Pro
- CPU: 4 vCPU
- RAM: 4 GB
- Disk: 60 GB SSD
- Trafik: cheksiz
- Domen: cheksiz
- Baza: cheksiz
- CRON: cheksiz
Qanday boshlanadi?
Uch qadam — terminal ham, texnik bilim ham shart emas
Tarifni tanlang
Hosting yoki VPS. VPS bo'lsa kerakli texnologiyalarni belgilang.
To'lang
Click, Payme yoki inPAY orqali karta bilan. Balansdan ham to'lasa bo'ladi.
Ishlata boshlang
Bir necha daqiqada kirish ma'lumotlari kabinetingizda paydo bo'ladi.
Ko'p so'raladigan savollar
Domenim yo'q — baribir sayt ocha olamanmi?
Ha. Bepul .1202.uz subdomeni beriladi (masalan mysite.1202.uz) va u darrov https bilan ishlaydi — DNS sozlash shart emas. Keyinroq o'z domeningizni ulasangiz ham bo'ladi.
O'z domenimni qanday ulayman?
Domeningiz DNS'ida A-yozuvni 77.221.152.117 ga yo'naltiring. Qolganini tizim o'zi qiladi: sayt ulanadi va Let's Encrypt SSL sertifikati avtomatik olinadi.
Hosting bilan VPS farqi nima?
Hosting — tayyor muhit: fayl yuklaysiz, sayt ishlaydi. Boshqarish oson, arzon. VPS — o'zingizning alohida serveringiz, root SSH bilan: xohlagan dasturni o'rnatasiz, Node.js ilovangizni ishga tushirasiz, hamma narsani o'zingiz sozlaysiz.
"Texnologiyalar avto-o'rnatiladi" nima degani?
VPS buyurtmasida Node.js 22, MongoDB 8.0, Redis, PHP, PostgreSQL kabi kerakli narsalarni versiyasi bilan belgilaysiz. Server qurilgach ular allaqachon o'rnatilgan va ishlab turgan bo'ladi — siz faqat kodingizni yuklaysiz.
To'lovni qanday amalga oshiraman?
Click, Payme yoki inPAY orqali karta bilan. Avval balansni to'ldirib, keyin balansdan to'lasangiz ham bo'ladi — muddatni uzaytirish shunda qulayroq.
Ma'lumotlarim zaxiralanadimi?
Panelda "Zaxiralar" bo'limi bor: bir bosishda fayl va bazalaringiz nusxasini olasiz, kerak bo'lsa o'sha holatga qaytarasiz. Hosting zaxirasini kompyuteringizga yuklab olsangiz ham bo'ladi.
Bugun ishga tushiring
Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa, server esa to'lovdan keyin o'zi tayyorlanadi.